Turkiyada o‘lim jazosi kiritilishi bo‘yicha qaror umumxalq referendumi natijasida qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlashicha, bu jazoning kiritilishi masalasi jiddiy bo‘lib, bu holda "vaziyatdan ta'sirlanib" harakat qilish nomaqbuldir.
Chovusho‘g‘luning aytishicha, Turkiyadagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘lim jazosi kiritilmasa odamlar boshqa partiya uchun ovoz bermasliklari aytilgan minglab xabarlar olmoqda. Vazirning fikricha, partiya katta jamoatchilik bosimi ostida turibdi va shuning uchun Yevropa Ittifoqi Turkiyaga bu masalada pand-nasihat bermasligi kerak.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi agar Turkiya o‘lim jazosini qaytarsa, uning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi ma'lum qilingandi.