Turkiya hukumati armiyada Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilingan 1389 kishini ishdan bo‘shatdi.
Bu haqda Turkiya davlat nashrlari xabar tarqatgan. Tafsilotlar keltirilmagan.
Bu vaqtda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat qurolli kuchlari tarkibida qator islohotlar o‘tkazilishi haqida aytdi.