"Manchester Yunayted" o‘rtoqlik uchrashuvida "Galatasaray"ni tor-mor etdi. Uchrashuv 5:2 hisobida mankunianliklar hisobiga yakunlandi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq "MYu"ning yangi o‘yinchisi, hujumchi Zlatan Ibrohimovich hisobni ochdi. Bu gol Ibraning yangi jamoasidagi ilk goli bo‘ldi.
1-bo‘lim o‘rtalarida Sinan Gyumyus javob to‘pini kiritdi, 40-daqiqada Bruma turk klubini hisobda oldinga olib chiqdi.
55- va 59-daqiqalarda Ueyn Runi dubl rasmiylashtirdi. 62-daqiqada Maruan Fellayni va 75-daqiqada Xuan Mata o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘ydilar.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Manchester Yunayted (Angliya) – Galatasaray (Turkiya) – 5:2
Gollar: Ibrohimovich, 4 (1:0); Gyumyus, 22 (1:1); Bruma, 40 (1:2); Runi, 55 (2:2); Runi, 59 (3:2, pen); Fellayni, 62 (4:2); Mata, 75 (5:2).
Manba: Tribuna.uz