Qozog‘iston bosh vaziri avtomagistralda velosiped haydagani uchun jarimaga tortildi

Jamiyat 16:05 / 31.07.2016 9368

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov ruxsat etilmagan joyda velosiped haydagani uchun 10 605 tenge miqdoridagi jarimaga tortilgan. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Astana-Borovoye oralig‘idagi avtomagistralda, harakatlanish taqiqlangan hududda velosiped haydaganlik uchun jarima to‘landi", deyilgan bosh vazirning shaxsiy saytida.

Masimov "qonunlar va qoidlalar barcha uchun barobar ekanini, velosipeddagi vazir uchun ham amal qilishi"ni ta'kidlagan.

Instagramdagi sahifada velosipeddagi vazir hamda jarima to‘langanligi haqidagi kvitansiya suratlari joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: