Klinton demokratlar milliy qo‘mitasi kompyuter tarmog‘iga buzib kirilishida Rossiya maxsus xizmatlarini aybladi

Jahon 22:48 / 31.07.2016 6285

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton demokratlar milliy qo‘mitasi kompyuter tarmog‘ining buzib kirilishida Rossiya maxsus xizmatlarini aybladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

U bu haqda Fox News Sunday kanaliga bergan intervyusida aytdi. 

Klinton, shuningdek, raqibi Donald Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘llab-quvvatlov bildirishda aybladi.

"Biz Rossiya maxsus xizmatlari demokratlar milliy qo‘mitasi kompyuter tarmog‘ini buzib kirganini va bu maktublardan ko‘pining chop etilishi imkoniyatini ta'minlaganlarini bilamiz", deb aytdi Klinton.

Avvalroq Klinton shtabida demokratlar kompyuter serveri buzib kirilgani holati tasdiqlangandi.

WikiLeaks sayti demokratlarning AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Berni Sandersga salbiy munosabati sababli tanqid qilinishiga olib kelgan elektron yozishmalarini chop etgandi. OAV Rossiya maxsus xizmatlari bilan ishlovchi xakerlar bu buzib kirilishga aloqador bo‘lishlari mumkinligini ma'lum qilgandi. Kremlda bu xabarlar be'mani deb atalgan.

Ko‘proq yangiliklar: