Yerevanda qurollangan guruh a'zolari tomonidan garovga olingan tibbiyot xodimlari qo‘yib yuborildi

Jahon 13:37 / 31.07.2016 5413

Yerevan politsiyasining patrul-post xizmati (PPX) polki binosini egallab olgan qurollangan guruh a'zolari ikki nafar garovga olingan tibbiyot xodimlarini qo‘yib yuborishgan.

«Vrach Norayra Tevanyan va hamshira Malina Markaryan egallab olingan patrul-post xizmati (PPX) polki binosidan ozod qilingan», — dedi respublika sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Anait Aytayan.

Tibbiyotchilar guruhi 27 iyul kuni PPX polki binosini egallab olgan qurolli guruh a'zolariga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida u yerga kirishgan edi.

Ular orasida ikki nafar vrach, feldsher va hamshira bo‘lgan. Birinchi kun feldsher David Tonoyan, keyinchalik esa vrach Salvador Xechoyan ozod etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: