Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muxolifat yetakchisi deb hisoblanadigan Fathulloh Gulen aslida hech kim emasligini aytib, uni "oddiy piyoda" deb atadi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Erdo‘g‘an o‘z chiqishlarida Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchilari sifatida AQSh va G‘arb davlatlaridan gumon qiladi. U Gulenni bu vaziyatda "shunchaki oddiy piyoda" deb ataydi.
Imom Fathulloh Gulen AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qilib keladi.