Yaponiyada issiq havo tufayli bir kun ichida 5 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:04 / 31.07.2016 5965

Yaponiyaning katta qismida hukm surayotgan issiq havo tufayli bir kun ichida 5 kishi halok bo‘ldi, 430 dan ko‘proq odam shifoxonalarga yotqazildi.

Kiodo axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. 

31 iyulda Yaponiyaning bir qator prefekturalarida termometr ko‘rsatkichi 37 gradusgacha ko‘tarildi. Butun mamlakat bo‘ylab 928 ta ob-havoni kuzatish joyidan 55 tasida harorat 35 gradusdan ko‘proqni ko‘rsatgan. 

Havo isishi sababli meteorologlar odamlarni konditsionerlardan foydalanish, ko‘chada uzoq vaqt qolmaslik hamda ko‘proq suv ichishga chaqirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: