«Barselona» futbolchisi Jordi Alba «Oltin to‘p»-2016 mukofoti uchun o‘z jamoadoshi Lionel Messi va «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning imkoniyatlari haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Ularning qay biri kuchli ekani haqidagi bahslar davom etaveradi. Ronalduning kuchli tomonlarini e'tirof etmaslik ahmoqlik bo‘ladi. U zo‘r futbolchi, ammo futbolni sevuvchi har bir inson Leo — yaxshiroq ekanini aytadi.
Messining alohida jihati shundaki, u hamisha o‘zini xotirjam tuta oladi. Maydondan tashqaridagi hodisalar, uning o‘yiniga ta'sir ko‘rsata olmaydi. U yulduz futbolchi. Buni u yildan yilga isbotlab kelmoqda», — degan Alba.
Manba: Tribuna.uz