Filippinlik bokschi Menni Pakyao Floyd Meyuezer bilan revansh jangida qatnashish uchun boksga qaytmoqchi. Bu haqda Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch ma'lum qilgan.
«Bu bizni ringga qaytaradigan yagona sabab. Meyuezerga qarshi o‘yinni yaxshilab tomosha qilsangiz, o‘sha jangda Menni ko‘proq zarba yo‘llaganini ko‘rasiz. Uning jismoniy tayyorgarli joyida. Ishonchim komil, Menni Meyuezerni yanchib tashlaydi»,- deydi Rouch.
O‘tgan yilning 2 may kuni Pakyao hamda Meyuezer o‘rtasidagi jang o‘tkazilgan va unda Meyuezer ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi. Pakyao professional faoliyatida 66 jangda qatnashib, 58 marta g‘alaba qozongan. Shulardan 38 tasini nokaut bilan. Ikki marta durang qayd etgan va olti marta mag‘lub bo‘lgan.