Yerevanda politsiya binosini bosib olganlar politsiyachini otib tashladi

Jahon 23:15 / 30.07.2016 8545

17 iyulda Yerevanda politsiya binosini qo‘lga olgan qurollangan guruh a'zolari o‘t ochdi. Oqibatda politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda 30 iyulda Armaniston politsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Ashot Agaronyanga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Agaronyanning aytishicha, halok bo‘lgan xodim politsiya qismi polkidan 350-400 metr uzoqlikdagi mashinada bo‘lgan. Halok bo‘lgan politsiyachi 1986 yilda tug‘ilgan Yura Tepanosyan bo‘lgan.

Avvalroq 30 iyulda Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati bosqinchilardan binoni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da bo‘shatishni so‘ragan. "Aks holda huquq-tartibot muassasalarining maxsus bo‘limlari ogohlantirishsiz o‘t ochish va patrul-post xizmati polki hududida bo‘lganlarni yoki uning tashqarisidagi istalgan qurollangan odamni xavfsizlantirishga vakolatli", deb ma'lum qilindi xabarda.  

Bosqinchilar tomonidan talabga hech qanday javob bo‘lmagan. Jinoyatchilar tomonidan asirda ushlab turilgan bir shifokor qochishga muvaffaq bo‘lgan. 27 iyulda polk hududiga otishmada yaralanganlarga yordam ko‘rsatish uchun kelgan tez tibbiy yordami xodimlari asirga tushib qolgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: