Yosh amerikalik Jyeremi Piter Grin ClintonKaine.com domenini 90 ming AQSh dollari evaziga sotish niyatida. Unda, AQSh prezidentligi va vitse-prezidentligi uchun Demokratik partiyadan nomzodlar Hillari Klinton va Virjiniya shtati senatori Timoti Keynning familiyasi yozilgan. 28-yoshli Grin bu domen nomini 2011 yili atigi 8 dollarga xarid qilgan edi.
Grinning aytishicha, domen nomini tanlashda sobiq davlat kotibi Klinton, saylovoldi kampaniyasining saralash bosqichida g‘alaba qozonishiga shubha qilmagan. Keyn masalasida taxmini to‘g‘ri chiqqan. Chunki, prezident Barak Obama 2008 yil AQSh vitse-prezidentligiga Jozef Baydenni tanlashdan avval, ayni shu senator nomzodini ko‘rib chiqqan edi.
Shunday ekan, Grinning ta'kidlashicha, uning savdo belgisi bo‘lgan sayt nomini olish uchun sudlashgandan ko‘ra, "uni shunchaki xarid qilib qo‘ygan yaxshiroqdir".