Buxoro viloyatida iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 13,8 foizga oshdi

Iqtisodiyot 13:53 / 25.07.2016 5895

Buxoro viloyatida birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 8,3, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10,3, iste'mol tovarlari 13,8, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 6,5, qurilish 12,4, chakana savdo aylanmasi 15,2, xizmatlar hajmi 15,1 foiz o‘sdi. O‘zA xabar bermoqda.

Jami kreditlarning 49 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirildi. Buning samarasida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 59,5 foizni, sanoatda 47,2, qishloq xo‘jaligida 97,7, qurilishda 70,4 va aholi bandligida 78,2 foizni tashkil etdi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosiga barcha manbalar hisobidan 222 milliard so‘m va 3,5 million dollar miqdorida mablag‘ sarflandi.

Ko‘proq yangiliklar: