Tramp: AQSh NATOga badal to‘lamaydigan ittifoqdoshlariga harbiy ko‘mak berishdan voz kechishi mumkin

Jahon 07:16 / 22.07.2016 4135

AQSh NATOga a'zolik badallarini to‘lashni unutib qo‘ygan ittifoqdoshlariga harbiy ko‘mak berishdan voz kechishi mumkin, deb aytdi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp The New York Times gazetasiga bergan intervyusida.             

Trampning aytishicha, NATOning ko‘plab davlatlari "badallarni to‘lamaydilar va bu holatni inkor qilib bo‘lmaydi".

"Axir biz NATO davlatlari bilan kelishuvlar bilan bog‘langanmiz, badallar haqida unuting", deb aytdi Trampga muxbir.

"Badallar haqida unutish kerakmas", deb javob berdi Tramp va Boltiqbo‘yi davlatlari "Rossiya tajovuzi" holatida agar NATO byudjyetiga pul to‘lasalar AQSh yordamiga umid qilishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Milliarderning so‘zlari ko‘plab javob reaksiyalarini keltirib chiqardi.

Jumladan, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg "a'zolarning hamjihatligi NATOning bosh qadriyati" va Yevropa davlatlari Trampning so‘zlariga qaramasdan, "harbiy xarajatlarni oshirayotganlarini" aytdi.

Obama ma'muriyati AQShning NATO bo‘yicha majburiyatlariga sodiqligi "zirh kabi mustahkamdir" deb aytdi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi ittifoqdosh davlatlarga dastlabki shartlarsiz yordam ko‘rsatishga tayyorligiga ishontirdi.   

"U AQSh o‘z majburiyatlari va va'dalarini bajarmasligini aytmoqda", deb achchiqlanib gapirdi Latviya parlamenti xalqaro ishlari qo‘mitasi rahbari Oyyers Kalnis. Uning aytishicha, Trampning gaplari "bir vaqtning o‘zida ham xavfli va mas'uliyatsizdir".

Avvalroq Tramp NATOni "eskirib qolgan tashkilot" deb atagandi va uning tarqatilib yuborilishi mumkinligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: