Rossiyadan Turkiyaga parvoz qilish uchun Turkish Airlines aviakompaniyasidan chipta xarid qilganlar, chiptalarini jarimasiz qaytarib berishlari va pulini olishlari mumkin, deyiladi aviakompaniya telegrammasida.
Bu Rossiya fuqarolariga doir bo‘lib, Turkiya ichidagi mahalliy parvozlarga ham tegishlidir. Shu bilan birga, bu qaror 2016 yil 16 iyulgacha rasmiylashtirilgan va parvoz muddati 20 iyuldan 25 iyulgacha bo‘lgan chiptalarga ham oid.
Bundan tashqari, xohishga ko‘ra, parvoz yo‘nalishi va muddatini o‘zgartirish uchun ham haq olinmaydi.
Shuningdek, chiptalarni 2016 yil 15 avgustgacha cho‘zish mumkin. Bunda chiptani 25 iyulgacha qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.