Turinning yangi meri butun bir shaharni vegetarian qilishga qaror qildi

Jahon 19:25 / 21.07.2016 6411

Turinning yangi meri Kyara Appendino vegetarian parhezni yo‘lga qo‘yishni shahar ma'muriyatining "ustuvor vazifalaridan biri" deb atadi. Bu haqida The Guardian ma'lum qildi. 

"Besh yulduz harakati" partiyasi ilg‘or yetakchisi 62 sahifali manifest chiqardi. Unda go‘sht va hattoki sut mahsulotlaridan tiyilish sog‘liq, atrof-muhit va jonivorlar uchun foydali ekanligi haqida so‘z yuritiladi. 

Vegetarian parhezning shahar miqyosida yo‘lga qo‘yilishiga doir tafsilotlar oshkor etilmadi. Biroq ma'lumki, Appendino maktab dasturiga maxsus fanlarni kiritib, ularda bolalarga to‘g‘ri ovqatlanish hamda jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish haqida saboq berishni rejalashtirgan.

Shahar aholisi manifestning chop etilishiga nisbatan Twitter'da "ilmoqli" izohlar bilan munosabat bildirishdi. Ulardan biri Appendino o‘zini mer kabi emas, enaga kabi tutayotganini yozib qoldirgan.

Italiyaning Pemont ma'muriy viloyati (poytaxti Turin) o‘zining qizil vinosi va go‘shtli taomlari bilan nom qozongan. Faoliyati go‘sht bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar siyosatchining va'dasiga hozircha hech qanday munosabat bildirishmadi. 

Appendino 30 iyundan Turin meri lavozimini egalladi. Saylovlarning ikkinchi bosqichida u kutilmaganda Demokratik partiya vakili Pero Fassinodan o‘zib ketdi.


 

Ko‘proq yangiliklar: