Stoltenberg: Turkiya armiyasi hamon kuchli armiya bo‘lib hisoblanadi

Jahon 08:53 / 21.07.2016 9595

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Reuters axborot agentligiga bergan intervyuda Turkiya armiyasi mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin qatorlarida tozalash bo‘lganiga qaramasdan, hamon kuchli hisoblanishini aytdi.     

"Turkiya katta qurolli kuchlar, professional qurolli kuchlar hisoblanadi va aminmanki, ular NATOga vafodor va kuchli hamkor bo‘lishda davom etmoqdalar", deb aytdi Stoltenberg.

U, shuningdek, Turkiya hukumatining to‘ntaruvga munosabati mutanosib va NATO qadriyatlariga mos bo‘lishiga umid qilishini aytdi. Stoltenberg Turkiyaning alyansdagi a'zoligini qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarilmaganini aytdi. 

"Hammamiz uchun Turkiya NATOning kuchli ittifoqdoshi bo‘lishda davom etishi muhimdir, chunki biz Iroq va Suriyada kuzatayotganimizdek, Turkiya barqarorsizlik va zo‘ravonlik yoqasida turibdi", deb aytdi Stoltenberg.

Avvalroq Stoltenberg NATO a'zosi hisoblanadigan davlatda harbiy to‘ntaruvlar yuz bermasligi kerakligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: