Kiyev viloyati milliy politsiyasi Kiyev shahri yaqinidagi Kotsyubin koloniya-qishloqda ko‘tarilgan isyon haqida aniq ma'lumot berdi.
«Interfaks» axborot agentligi xabariga ko‘ra, 20 iyul kuni kechqurun qamoqxonada mahbuslar hisob qilinganida 3 nafar mahbus yo‘qligi ma'lum bo‘lgan.
"Qo‘riqchilar va mahbuslar orasida tushunmovchiliklar bor. Tez orada aniqlashtiriladi", deyilgan politsiyada.
Qayd etilishicha, bu koloniyada jinoyati og‘ir bo‘lmagan mahbuslar saqlanadi. Bu yerdagi mahbuslarga qishloqqa erkin chiqishga ruxsat berilgan va shu kuni noma'lum sabab tufayli ulardan ba'zilari qaytmagan. Ularning yo‘qolishi hozircha "qochib ketish" sifatida baholanmayapti.
Bundan oldingi xabarlarda qamoqxonaning 50 nafarga yaqin mahbusi qochib ketgani haqida aytilgandi.