Ozarbayjon mudofaa vazirligi, mamlakat hududida Turkiya uchun harbiy baza barpo etilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi, deb yozmoqda Oxu.az.
Bu haqda, Ozarbayjon mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Ramiz Taxirov ma'lum qilgan.
Avvalroq, OAVda ushbu mamlakatda Turkiya harbiy bazasi qurilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Taxirovning so‘zlariga ko‘ra, Gaji Zeynalabdin Tagiyev qo‘rg‘oni yaqinidagi aerodromdan mamlakat harbiylari foydalanishadi. Ular, Kosovo, Afg‘oniston va Iroqdagi tinchlikparvar kuchlari safida jangovar topshiriqlarni bajarish uchun ushbu aerodromdan parvoz qilishadi.
Taxirovning qayd etishicha, Afg‘onistonga boruvchi ozarbayjonlik tinchlikparvar harbiylarni Turkiya HHK samolyotlari olib boradi va qaytarib olib keladi.
Shu munosabat bilan, u yerda turk harbiylarinig qisqa muddatli dam olishlarini munosib ta'minlash maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.