Bir necha kundan beri Xitoyning markaziy mintaqasida davom etgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli, Xubey viloyati Tyanmen shahri hududidan o‘tuvchi daryo to‘g‘onning bir qismini vayron qilgan. "Sina" axborot portalining xabariga ko‘ra, mahalliy hukumat suv toshqinlari ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan hududlardan 34 ming kishini xavfsiz joylarga ko‘chirgan.
Qayd etilishicha, to‘g‘onning buzilgan qismi kengayib bormoqda, suv sathi ko‘tarilmoqda. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.
Xitoydagi bu yilgi yomg‘ir mavsumi odatdagidan sertalofat kelgani xabar qilinmoqda. Iyun oyi oxiridan beri mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy tumanlariga yopirilgan surunkali yomg‘ir suv toshqinlari, sel va ko‘chkilarni keltirib chiqargan. Ayniqsa, Yantszi daryosi havzasidagi ayrim tumanlarda vaziyat izdan chiqqan.
Hukumat xabariga ko‘ra, bu kabi tabiiy ofatdan 1,5 mingdan ortiq kishi jabrlangan. 237 kishi halok bo‘lib, 93 nafar odam bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.