Turkiyaning "Beshiktosh" klubi hujumchisi Mario Gomes klubdan ketishini e'lon qildi.
"Bu men uchun og‘ir qarordir, men uni ko‘p o‘yladim. "Beshiktosh"ning alqbovar qilmas fanatlari oldidan bu o‘ziga xos stadionda boshqa o‘ynay olmasligingni anglagan holda bunday ajoyib klubdan ketish og‘irdir.
Ketishimning sababi mamlakatdagi siyosiy vaziyatdir. Mening ketishim sport bilan bog‘liq emas, bu hech qanday rol o‘ynamaydi. Hammasi Turkiyada oxirgi bir necha kunda yuz bergan dahshatli voqealar sabablidir. Umid qilamanki, siz meni tushunasiz. Klub, muxlislar va mening "Beshiktosh"da bo‘lishimni unutilmas qilgan barcha odamlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Ishonamanki, siyosat bilan bog‘liq barcha muammolar yaqin orada tinchlik bilan hal qilinadi. Shundan keyin men yana "Beshiktosh"da o‘ynashdan xursand bo‘laman. Klub va mamlakat men uchun bu yil ichida juda qadrdon bo‘lib qoldi. Umid qilamanki, yaqin orada yana uchrashamiz", deb yozdi Gomes feysbukdagi sahifasida.
Gomesga egalik qilish huquqi "Fiorentina"ga tegishli bo‘lib, 31 yoshli futbolchining italyan klubi bilan shartnomasi 2017 yilgacha mo‘ljallangan.