AQSh va uning hamkorlari Iroqqa gumanitar yordam uchun 2 mlrd dollar pul yig‘ishdi

Jahon 12:10 / 21.07.2016 4162

AQSh poytaxtida o‘tgan xalqaro anjumanda Qo‘shma Shtatlar va uning hamkorlari Iroqqa gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida 2,1 mlrd dollar mablag‘ yig‘di. Bu haqda mamlakat davlat departamenti xabar bermoqda.

"Biz Iroqqa gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida 2,1 mlrd dollar mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldik", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Avvalroq anjuman ishtirokchisi AQSh davlat departamenti kotibi Jon Kerri ishtirokchilarga iroqliklarga yordam berish uchun 2 mlrd dollar yig‘ish zarurligini ma'lum qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: