WikiLeaks tashkiloti Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a'zolarining 300 mingga yaqin elektron maktublarini oshkor etganini ma'lum qildi. Bu haqda, uning Twitterdagi mittibloglar sahifasida xabar qilingan.
"Prezident Erdo‘g‘onning hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasiga tegishli jami 294 548ta elektron maktublari e'lon qilindi", - deyiladi xabarda.
WikiLeaks loyihasi 2006 yili ishga tushirilgan bo‘lib, bir necha yillardan beri maxfiy ma'lumotlarni oshkor etish bilan shug‘ullanadi. Uning asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan boshpana topgan. Unga nisbatan vatanida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.