2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Iroq terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘tkaziladigan uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy saytida xabar qilingan.
24 iyul kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar ikki xil toifada: SIP sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar 30 000 so‘m qilib belgilangan, boshqa sektorlar uchun chiptalar narxi 15 ming so‘mdan.
Chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida 20 iyul kuni, soat 10:00dan boshlab sotilishi boshlandi.
O‘zbekiston – Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi belgilangan.
Shuningdek, 21 iyul kuni soat 18:00da, “Jar” stadionida O‘zbekiston U-23 – Iroq o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinga kirish bepul.