O‘z omadiga ishonganlar qimmatbaho sovrinlarning egalariga aylanishdi

Jamiyat 13:21 / 20.07.2016 8660

O‘z omadiga ishonganlar va uning haqiqiy egalari TM Musaffo savdo belgisi ostidagi “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARKni yutib ol” promo-aksiyasining 4 bosqichi g‘oliblariga aylanishdi. Promo-aksiya g‘oliblarini aniqlash marosimi Toshkent shahrida joylashgan Artishok kafesida bo‘lib o‘tdi.
Promo-aksiyada kamida har bir g‘olib o‘rtacha 18ta promo-kodlarni faollashtirishdi.
11 promo-kodni faollashtirgan ishtirokchilarning har biriga Artel firmasining elektr choynagi nasib etdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 3 bosqichda 19tadan kam va ko‘p bo‘lmagaan promo-kodlar ishtirok etgan edi.
26ta promo-kodni faollashtirgan ishtirokchilar toster sohibiga aylanishdi. O‘tgan 3-bosqichda toster uchun 15ta promo-kod o‘ynalgan.
Blenderni yutib olish uchun ishtirokchilar joriy oy davomida 28ta promo-kodni faollashtirishlariga to‘g‘ri keldi. 3-bosqichda blender uchun ishtirkochilar tomonidan 9ta promo-kod faollashtirilgan. 
11ta promo-kodni sms tarzida yo‘llagan ishtirokchilar mikroto‘lqinli pech egalariga aylanishdi. 3-bosqichda mikroto‘lqinli pech sohibi bo‘lish uchun 43tagacha bo‘lgan promo-kodlar o‘ynalgan.
Balki o‘z omadiga unchalik ishonmaganlar, desak xato bo‘lar, haqiqiy omadi kulganlar hatto  atigi 1 promo-kodni faollashtirish evaziga qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘lishdi. 
Masalan,  1 promo kodni faollashtirgan 5 nafar g‘olibdan 2 nafariga elektr choynagi, 2 nafariga blender, hamda 1 nafar ishtirokchiga mikroto‘lqinli pech nasib etdi.
Aktsiyaning 4-bosqichda ishtirok etgan omadli promo-kod sohiblarining taassurotlari qanday?
Bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling!

+998xx- 976-xx- 73 raqami 916826352710 promo-kodi sohibi:
Men Dilafruz Shaydulin Ilsikovna Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi 360-uyda istiqomat qilaman. Omadim kelib, “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARKni yutib ol” promo-aksiyasining 4-bosqichida g‘olib bo‘lib,  Artel firmasining elektr choynagiga ega bo‘ldim. Ochig‘i, boshida aksiyaning haqqoniy o‘tkazilayotganiga unchalik ishonmagandim. Ammo ushbu aksiyada ko‘plab ishtirokchilar g‘olib bo‘layotganidan xabar topganimdan so‘ng, men ham omadimni sinab ko‘rishga ahd qildim va adashmaganimga amin bo‘ldi. Ishonchimga yarasha elektr choynagi sohibasi bo‘ldim. 
+998xx-918-xx-33 raqami, 66254414669 promo-kodi egasi:
Men Teryanov Vitaliy Ivanovich, Toshkent shahri, Yashnabod tumani, 58-harbiylar shaharchasida  yashayman. Yoshim 51da, bu kabi aksiya o‘yinlarga unchalik qiziqmayman. Ammo o‘g‘lim promo-kodlarni mening telefon raqamim orqali faollashtirib, aksiyaning  1 va 3-bosqichlarida g‘olib bo‘ldi va birvarakayiga Artel firmasining Tosteriga sazovor bo‘ldi.  Ishonchsiz nafaqat omad, hech qanday maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shunday ekan, omad unga ishonadiganlar uchun kulib boqsa kerak , degan fikrdaman.  

Girfanov Marat Rinatoviya (+998xx-518-xx-89 aobnenti, 623113292550 prmo kodi sohibi):

- Men Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Nizomiddinov ko‘chasida istiqomat qilaman.  Men “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARKni yutib ol” promo aksiyasi boshlanishidan avval ham Musaffo TM savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan sutni iste'mol qilib turardim. Bir kuni odatdagidek sutni xarid qilib, quti ostida yopishtirilgan stikerni ko‘rib qoldim va menda ham aksiyada ishtirok etishga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ldi. Ilgari bu kabi aksiyalarda ishtirok etmagan bo‘lsam ham, 19 promo-kodlarni faolashtirishdan erinmadim va Artel kompaniyasining elektr choynagiga ega bo‘ldim. 
+998xx-687-xx-73 abonenti,  549291261295 promo kodi egasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi -Rajanova Zumrad Abduvaliyevna:
-  Biz oilamiz bilan doimiy ravishda boshqa mashhur savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan sutni iste'mol qilib kelayotgandik. Ammo sutda bir oz qizg‘ish, kuygan hid, ta'mni his qilgach, undan voz kechib, yangi Musaffo TM savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan sutni iste'mol qila boshladik. Hozircha Musaffo sutining tabiiy mazasi va narxining o‘rtachaligi bizni qoniqtirmoqda.  Aktsiyada o‘ynab, Artel firmasining blenderini yutib oldik. Musaffo suti aksiyasi tashkilotchilariga rahmat.

Musayeva Dilnoza Qahramonovna, +998xx-511-xx-11 abonenti 660920053833 promo-kodi sohibasi:
-  Men Toshkent shahri, Chilonzor tumanida istiqomat qilaman. Oilada uy bekasiman. Musaffo sutini doimiy ravishda farzandlarim uchun harid qilib turaman. Bir kuni qutida joylashgan stikerni ko‘rib, aksiyada ishtirok etishga kirishdim. Lekin unda g‘olib bo‘lishni hayolimga ham keltirmagandim. Keyinchalik, omadga ishonib, 19ta promo-kodni faollashtirib bordim va Artel firmasining mikroto‘lqinli pechiga ega bo‘ldim. Musaffo sutining hozirgi tabiiy mazasi va narxidan minnatdormiz. Aktsiyaning barcha ishtirokchilariga esa chin dildan  omad tilaymiz! 
Toshkent shahri, Mustaqillik 65-82 ko‘chasida istiqomat qiluvchi Yekaterina Madjidova Aleksandrovna (+998xx-186-xx-52 abonenti, 130144540920 promo-kodi egasi):
-  To‘g‘risi, aksiyada g‘olib bo‘lishimga 50 foiz ishongan bo‘lsam, 50 foiz darajada ikkilanish ham menda yo‘q emasdi. Ammo turmush o‘rtog‘im ushbu aksiyada ishtirok etishimga turtki bo‘ldi. Uning ishonchiga ko‘ra, pro-kodlarni faollashtirib bordim va 4-bosqichda g‘olib bo‘lganim, Artel firmasining Tosteriga ega bo‘lganimni eshitib xursand bo‘ldim. Musaffo aksiyasidan yutib olgan ushbu Toster oilamiz uchun Musaffodan qolgan ajoyib esdalik sovg‘asi bo‘ldi. Hozircha, promo-kodlarni faollashtirishda davom etyapman va keyingi bosqichlarda Chevrolet SPARK avtomobilini yutib olishimga umid qilaman! 
Yuqorida guvohi bo‘lganingizdek, barcha omadli ishtirokchilar aksiyaning 4-bosqichida o‘ynab, o‘z sovrinlarini qo‘lga kiritishgan. O‘zbekiston Respublikasi hududi hamda masofadan turib ishtirok etuvchi abonentlrani qo‘llab-quvvatlash, hamda o‘tkazilayotgan aksiya ko‘lamini kengaytirish maqsadida Musaffo TM savdo belgisi yana ikkita qo‘shimcha bosqichni tashkil etdi. Endi aksiya joriy yilning 14 avgustiga qadar davom etadi. 
Demak, aytish mumkinki, sizda hali elektr choynagi, toster, blender, mikroto‘lqinli pech hamda aksiyaning bosh sovrini hisoblangan Chevrolet SPARK avtomobilini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, omadingizni qo‘ldan boy bermang va Musaffo Tm savdo belgisi ostidagi stikerli sutni xarid qilishda davom eting.
O‘yin tartibini eslatib o‘tamiz:  
Stiker ostida yashiringan promo-kodlarni faollashtirib, qisqa 1965 raqamlariga yo‘llang. G‘olibligingiz aniqlanadigan kungacha promo-kodlari faollashtirilgan Musaffo suti qutisini o‘zingizda saqlab qo‘ying.
Shu va boshqa batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun Musaffo Tm savdo belgisining rasmiy PROMO.MUSAFFO.UZ sayti orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin.
P/S: Faqat Ucell, Beeline va Perfectum abonentlarigina “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARKni yutib ol” promo-aksiyasida ishtirok eta oladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: