Twitter sahifalarni verifikatsiyalash uchun onlayn-arizalar qabul qilishni boshladi

Fan-texnika 12:19 / 20.07.2016 3070

Twitter foydalanuvchilariga ajoyib yangilikni e'lon qildi. Endi xohlagan foydalanuvchi o‘z akkauntini verifikatsiyalashi (akkaunt rostdan ham o‘ziga tegishli ekanini tasdiqlaydigan galochka olishi) mumkin.

Ushbu mikrobloglar servisi foydalanuvchilarning akkauntini verifikatsiyalash uchun onlayn-arizalar qabul qilish xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma'lum qilingan.

“Bu xizmatni ishga tushirishdan asosiy maqsad foydalanuvchilarga qiziqarli sahifalarni topishga, mikroblog egasi uchun ularning turgan joyidan qat'i nazar katta auditoriyaga tez va oson chiqish imkonini beradi”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Bu xizmat ishga tushirilgunga qadar faqatgina kompaniya va mashhur shaxslarning sahifasi verifikatsiya qilinar edi. Twitter’da verifikatsiya qilingan sahifa maxsus siyohrang aylana va uning ichida oq rangli galochka bilan belgilanar edi.

Bunday mashhur galochkalarni olish unchalik qiyin emas. Shunchaki kompaniyaga telefon raqamingiz, elektron pochtangiz va shaxsiy veb-saytingiz adressini yuborasiz. Siz rostdan ham atrofdagilar e'tiborida ekaningiz isbotlangashingiz kerak. Barcha shartlar bajarilgandan keyin sizga «verified accaunt» belgilsi qo‘yiladi.

Hozircha bunday belgilar faqat mashhur foydalanuvchilar uchun amalda. Masalan, O‘zbekistonda futbolchi Vitaliy Denisov va qo‘shiqchi Shohruhlarning akkauntida shunday belgilar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: