Turkmaniston hukumati Qozog‘iston bilan chegara hududida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
«Turkmanistonda chegaradagi xavfsizlik choralari kuchaytirildi, shu sababli respublikaga soddalashtirilgan tartibda kelayotgan chet el fuqarolari uchun kirish besh kunga vaqtinchalik yopildi», — deyiladi Mangistau viloyati bo‘yicha davlat daromadlari departamenti tarqatgan xabarda.
Ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra, Mangistau viloyatida doimiy ravishda yashovchi Qozog‘iston fuqarolari Turkmanistonning Bolqon viloyati hududiga besh kunlik muddatga vizasiz kelish, ketish va yashash huquqiga ega.
18 iyul kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi terakt qurbonlari soni 6 kishi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.