Turkmaniston yangi konstitutsiyasini qabul qiladi

Jahon 11:09 / 20.07.2016 13161

Turkmaniston oqsoqollar kengashi 14-sentabr kuni Ashxobodda mamlakatning yangi Asosiy qonunini qabul qiladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Qayd etilishicha, majlisni o‘tkazish sanasi to‘g‘risidagi qarorni mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov imzolagan. 

Yangi qonunning hozirgi konstitutsiyadan asosiy farqi, prezidentlik vakolatlariga oid muddatning 5 yildan 7 yilga uzaytirilganidadir. Bundan tashqari, prezident lavozimiga belgilangan yuqori yosh cheklovi ham bekor qilinmoqda. Shu paytgacha, 70 yoshdan keksa kishi davlat rahbarligiga nomzod bo‘la olmas edi.

Avvalroq, Berdimuhammedov mamlakat konstitutsiyasini Turkmanistonning «zamonaviy siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablari»ga moslashtirish zarurligini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: