Rossiya Federatsiyasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi oldida o‘ziga xos quti paydo bo‘ldi. Unda «Putin your medals» (Marhamat qilib medallaringizni soling) deb yozilgan. «Put» fe'li va «in» predlogi qo‘shib yozilgan va «Putin» so‘zi hosil qilingan.
Rossiyalik sportchilarning dopingdan foydalangan holda musobaqalarda qatnashayotgani haqida ko‘plab xabar tarqaldi.
Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi bir hafta ichida rossiyalik sportchilarining Rio Olimpiadasida qatnashish-qatnashmasligiga oydinlik kiritadi.