Rossiya sport vaziriga 2016 yilgi Olimpiadaga borish uchun ruxsat berilmadi

Sport 07:56 / 20.07.2016 8397

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoga Braziliyada yaqin kunlarda boshlanadigan 2016 yilgi yozgi Olimpiadaga akkreditatsiya berishni rad etdi.

XOQ ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Mutkoning nomi WADA aksildoping komissiyasining ma'ruzasida borligi sababli qabul qilingan.

Biroq bu qaror nafaqat Mutkoga, balki ma'ruzada nomi tilga olingan barcha mansabdor shaxslarga taalluqlidir. Bundan tashqari, doping mojarosiga aloqadorlikda ayblanayotgan Rossiya sport vazirligining vakillariga nisbatan intizomiy tergov boshlashga qaror qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 18 iyulda WADA rossiyalik sportchilarning doping qabul qilishini go‘yoki yashirgan rossiyalik sport amaldorlariga nisbatan olib borilgan tergov natijalarini chop etdi. Ma'ruzada aytilishicha, bunday shaxslardan biri Vitaliy Mutko bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: