Ozarbayjonda Zaman gazetasi 25 yillik faoliyatdan keyin faoliyatini to‘xtatdi. Ozarbayjon matbuot kengashi nashrning Turkiyadagi 15 iyul voqealariga yondashuvi tufayli shunday qarorga kelgan.
"Biz davlat manfaatlarini hisobga olamiz. Bugungi kunda Zaman-Azerbaycan gazetasi va zaman.az saytining keyingi kunlardagi voqealarni yoritishdagi yondashuvi Ozarbayjon va Turkiya munosabatlariga futur yetkazishi mumkin", deya gazeta muassislarining bayonotini keltiradi APA agentligi.
Zaman gazetasi 1991 yilning 24 mayidan boshlab chop etilayotgandi.
Bundan oldinroq Ozarbayjon Matbuot kengashi gazetaning Turkiyadagi isyonga nisbatan tutgan pozitsiyasi hukumat pozitsiyasiga mos emasligi va isyon tashkilotchiligida gumon qilinayotgan Fathulloh Gulen pozitsiyasini ifodalashidan xavotirini bildirgandi. Shuningdek, kengashning bildirishicha, gazeta Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish haqida asossiz ma'lumotlar tarqatgan.
Bundan oldinroq agentlikda AQShda istiqomat qiluvchi Fathulloh Gulen bilan intervyu tufayli Ozarbayjondagi xususiy telekanallardan biri ANS telekanali yopilgani haqida ma'lum qilingandi. Telekanal faoliyati hozircha 1 oy muddatga to‘xtatilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi voqealarni qoralab chiqqan va mamlakat rahbarini hamda uning hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Turkiya prezidenti Fathulloh Gulenni davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida e'lon qilgan. Gulen esa bu ishga aloqador emasligini ta'kidlab kelmoqda. Shu bilan birga u o‘zini Turkiyaga ekstraditsiya qilishlaridan qo‘rqmasligini ta'kidlaydi.