OTB Markaziy Osiyo iqtisodiyotining 2016 yilgi o‘sish sur'atlarini pasaytirdi

Iqtisodiyot 11:31 / 20.07.2016 8013

Osiyo Taraqqiyot banki Markaziy Osiyoning besh mamlakati iqtisodiyotlarining 2016 yilgi umumiy rivojlanish sur'atlarini aprel oyidagi 2,1 foizdan 1,7 foizga tushirdi, deyiladi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabarida

Bundan tashqari, OTBning yangilangan Asian Development Outlook hisobotida mintaqaning besh davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston iqtisodiyotlarining 2017 yilga doir umumiy rivojlanish bashorati ham 2,8 foizdan 2,7 foizgacha pasaytirilgan.

Bank ekspertlaring fikricha, jahon bozorlarida xom-ashyo narxlarining arzonligi saqlanib qolayotgani, xususan neft va gaz bahosining pastligi hamda Rossiya iqtisodiyotidagi turg‘unlik Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga salbiy ta'sir etishda davom etmoqda. 

Jumladan, xorijdan, birinchi galda Rossiyadan yuborilayotgan pul jo‘natmalari hajmining qisqarishi mintaqadagi ichki iste'molga ziyon qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: