Olmaota politsiyasi tezkor-qidiruv amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
"Gogol-Zenkova-Maktayeva-Abdullin ko‘chalari kvadrati bo‘ylab ichki ishlar organlari xodimlari maxsus amaliyot o‘tkazishdi", deyilgan huquqni muhofazalash organlari xabarida.
Qayd etilishicha, tuman markazidagi bozor kamuflyaj kiygan va niqob taqqan qurolli xizmatchilar bilan o‘rab olingan. Shuningdek, hududga Qozog‘iston Milliy gvardiyasining harbiy texnikalari olib kirilgan.
Amaliyot yakunida hududda jinoiy harakat aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Olmaotada sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Shulardan to‘rt nafari huquq-tartibot xodimlari, biri chegarachi va yana biri IIV pensioneri bo‘lgan.