Mourino APL taqvimidan norozilik bildirishni boshladi

Sport 09:55 / 20.07.2016 5409

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 9-turida «Chelsi»ga qarshi o‘yin belgilanganiga norozilik bildirmoqda.

«Chelsi» – «Manchester Yunayted» o‘yini 22 oktabr kuniga belgilangan, Mourino esa bu o‘yinni 23-oktabrga belgilash kerak deb hisoblamoqda. Bunga «MYu» 20 oktabr kuni Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi uchrashuvda maydonga tushishini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Mourino o‘z jamoasining muhim uchrashuvga tayyorlanishi uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi mumkinligidan tashvishlangan.

«Manchester Yunayted» hozircha APL rahbariyatiga o‘yin vaqtini ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilmagan. Lekin bunday so‘rov bari bir rad etilishi haqiqatga yaqin, APLda taqvimga o‘zgartirishlar kiritilmaydi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: