Liviyada harakatlanuvchi "Bengaziya mudofaasi bo‘limi" guruhi jangarilari tomonidan bortida Fransiya maxsus xizmatlarining 2 xodimi bo‘lgan harbiy vertolyotni urib tushirdi. Mahalliy manbalarda aytilishicha, 2 harbiy ham halok bo‘lgan.
Jangarilar vertolyotni yirik kalibrli pulemyotdan o‘qqa tutishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, vertolyot Liviyadagi qonuniy hukumat rahbari, qo‘mondon Xalifa Xaftarga tegishli qo‘shin tarkibida bo‘lgan. Uning qo‘shinlari mamlakat sharqidagi Tobruk shahrida joylashgan.
Fransiya hukumati vakili Stefan Le Fol ham fransiyalik harbiylar bu vaqtda Liviyada bo‘lganini tasdiqlagan.
2011 yilning fevralida Liviyada 40 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan Muammar Kaddafining chetlatilishini talab qilgan kuchlar isyon boshladi. Hukumat kuchlari va isyonchilar o‘rtasida qurolli qarama-qarshiliklar boshlandi. NATO o‘sha yili Liviyada harbiy kampaniya boshladi va havodan zarba berishga kirishdi.