Xitoyning shimolidagi Xubey va Xebey provinsiyalarida sel kelishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Sinxua agentligi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Xubey provinsiyasida 6 kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Provintsiyaning 35 ta shahrida 807 ming kishi noqulay ob-havo sharoitidan jabrlangan.
Xebey provinsiyasida esa bir kishi halok bo‘lgan, 6 kishi bedarak yo‘qolgan. Uch kishi suv bosishi natijasida tashqi dunyodan uzilib qolgan, hozirda ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.