OurMine xakerlik guruhi Sony Worldwide Studios prezidenti Shuxey Yoshidaning tvitter-akkauntiga kira oldi.
Yoshida o‘z akkauntiga qayta olishi uchun xakerlar unga taklif qilingan havola bo‘yicha o‘tishni yoki ular bilan elektron pochta orqali bog‘lanishni taklif qilishgan.
Yoshida hozircha bunga javob bermagan, xakerlarning xabari esa uning tvitterida turibdi.
Avvalroq ushbu xakerlik guruhi Quora savol-javoblar servisida Google bosh direktori Sundar Pichayning akkauntiga kira olgandi. Bundan tashqari, firibgarlar Facebook rahbari Mark Tsukerbergning Instagram, Twitter, LinkedIn va Pinterest ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini buza olganlar.