Turkiya hukumatiga muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulen AQSh ma'muriyatidan Turkiya hukumatining uni ekstraditsiya qilish bo‘yicha bergan so‘roviga rad javobi berishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Men AQSh hukumatini, siyosiy hisob-kitob qilish uchun ekstraditsiya a'analarini qurbon qilishga bo‘lgan har qanday urinishni rad etishga chaqiraman», — deb bayonot bergan Gulen.
19-iyul kuni rasmiy Anqara, Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasini so‘rab, Amerika hukumatiga so‘rov yuborganini e'lon qilgan edi.