Fransiyada favqulodda holat rejimi yarim yilga uzaytirildi

Jahon 11:21 / 20.07.2016 3401

Fransiya Milliy assambleyasi mamlakatdagi terrorchilik tahdidi saqlanib qolayotgani tufayli favqulodda holat rejimini yana yarim yilga uzaytirdi. Bu haqda RFI nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, favqulodda holat rejimi mamlakat hududida 2017 yilning yanvar oyi oxiriga qadar amalda bo‘ladi.

Bundan avvalroq Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining «Respublikachilar» partiyasi favqulodda holat rejimini birato‘la olti oyga uzaytirishni taklif qilib, ma'muriy tintuv o‘tkazish, kompyuter, mobil telefon va boshqa axborot saqlovchi vositalarni musodara qilishni qat'iy talab qilib chiqqandi.

Fransiyada sodir etilgan oxirgi yirik teraktdan keyin (14 iyul kungi Nitstsa voqealari) Olland mamlakatdagi favqulodda holat rejimini yana 3 oyga uzaytirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: