Yevropa komissiyasi YeIning aksildemping qonunchiligiga o‘zgartishlar kiritishni ilgari suradi. Xitoy JST (Jahon savdo tashkiloti) a'zosi sifatida bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomini olgach, Yevropa bozorida mahsulotlar narxini qasddan arzonlashtirib sotishi (deming)ga qarshi chora sifatida Yevropa qonunchiligi kuchaytiriladi, degan bandlik, iqtisodiy taraqqiyot, sarmoya va raqobat masalalari bo‘yicha YeK vitse-prezidenti Yurki Kataynen.
Rasmiy Pekin, XXR 2016 yil 11 dekabridan boshlab, mamlakatning JSTga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjat bandidan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zidan bozor iqtisodiyoti maqomiga ega bo‘lishini ta'kidlab keladi.
Kataynenning aytishicha, Xitoy bozor iqtisodiga asoslangan davlat yoki yo‘qligiga oydinlik kiritish bugungi kun mavzusi emas. Chunki, YeI Xitoyni shunday davlat sifatida tan olishga tayyor emas.
Xitoydagi ishlab chiqarish quvvatlarining ortiqchaligi barobarida, Yevropa aksildemping qonunlarini Xitoyga nisbatan joriy qilishda murakkabliklar vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari, Yevropa o‘z bozorini Xitoy mahsulotlariga ochishi ortidan 3,5 mln ish o‘rnini yo‘qotishi taxmin qilinmoqda. Ammo, shu bilan birga, Xitoyning yirik savdo hamkori hisoblangan YeI Xitoy bozoriga bemalol kirish imkoniga ega bo‘ladi.