Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati Yerevandagi nazorat-post bo‘limidan 5 nafar garovga olingan kishini ozod qildi.
"Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati qurollangan hujum, politsiya xizmatining nazorat-post polki hududini bosib olish bilan bog‘liq holda 17 iyul ertalabdan bugungacha amalga oshirilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida garovda ushlab turilgan 5 kishini ozod qildi", deyilmoqda rasmiy xabarda.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda asirda qolayotgan odamlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib brilmoqda.