Braziliya oliy sudi WhatsApp messenjeriga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Fan-texnika 09:25 / 20.07.2016 4986

Braziliya oliy federal sudi vakili Rikardu Levandovski mamlakat hududi bo‘ylab WhatsApp messenjeriga qo‘yilgan taqiq bekor qilinganini ma'lum qildi. UOL portali ma'lumotiga ko‘ra, bu qaror messenjer xizmatiga egalik qiluvchilar tomonidan berilgan apellyatsiya oqibatida qabul qilingan.

"Dastur faoliyati tiklandi, so‘z erkinligi tamoyillari va kommunikatsiya qonunchiligi bu dastur faoliyatini ta'minlaydi", degan Levandovski.

19 iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati sudyasi Daniel Barboza mamlakatning telefon operatorlariga politsiya tergovi uchun ma'lumot taqdim etishdan bosh tortgan WhatsApp messenjerini bloklab qo‘yish haqida ko‘rsatma berdi.

Qayd etish kerakki, bu Braziliyada sudning 12 oy ichida to‘rtinchi marta aloqa operatorlariga butun mamlakat bo‘ylab WhatsApp messenjerini to‘sib qo‘yish bo‘yicha qarori bo‘ldi.

Bundan oldin 2015 yilning dekabrida hamda 2016 yilning fevralida va mayida shunday qarorlar qabul qilingandi. Har safar apellyatsiya asosida taqiq bekor qilingan.

Avvalroq Braziliyadagi Londrina shahri federal sudi Facebook kompaniyasi hisob raqamlaridagi 19,5 mln realni (6 mln dollarni) to‘sish haqida qaror chiqargandi.

Ko‘proq yangiliklar: