BMT: Jahon iqtisodiyoti global isishdan yiliga 2 trln dollardan ko‘p zarar ko‘rishi mumkin

Iqtisodiyot 12:50 / 20.07.2016 6581

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, global iqlim isishidan jahon iqtisodiyotiga yetkaziladigan yillik zarar  1,5 trln funt-sterling (2 trln dollar)ni tashkil etishi mumkin, deb yozmoqda Britaniyaning Independent nashri.

Bunga aholi mehnat samaradorligining pasayishi sabab bo‘ladi. Jazirama tufayli, ko‘plab ishlarni bajarish mushkul vazifa bo‘lib qoladi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Nashrning yozishicha, mehnat samaradorligining pasayishi sabab dunyoning 43 mamlakati YaIM kamayadi. Ular asosan Osiyo mamlakatlari bo‘lib, xususan: Hindiston (yiliga 340 mlrd funt), Xitoy (188 mlrd funt), Malayziya (188 mlrd funt) va Tailand (113 mlrd funt) zarar ko‘radi.

Hisobot muallifi Tord Kelstromning fikricha, global isish jarayonini ortga qaytarib bo‘lmaydi va u taxminan 2050 yillarda ro‘y beradi. Qayd etilishicha, kam va o‘rta daromadli mamlakatlar anomal ob-havodan ko‘proq zarar ko‘radi. Bunda, boy davlatlar zarardan qutilib qolishi ehtimoli yuqori. 

Ayni vaqtda, Rossiya, Norvegiya va Shvetsiya kabi mamlakatlar, qish mavsumida havo haroratining o‘ta tushib ketishi bilan bog‘liq mehnat samaradorligining pasayishidan aziyat chekishi mumkin. 

AQSh okean va havo tadqiqotlari milliy boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil zamonaviy tarixdagi eng issiq yil sifatida qayd etilishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: