AQShning Kanzas-Siti shahrida noma'lumlar tomonidan politsiyachi otib o‘ldirildi. Politsiya kapitani Robert Melton otishma sodir etganlikda gumonlanayotganlarni taqib qilayotganda otib o‘ldirildi. Melton olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etgan.
Shahar politsiyasi boshlig‘i Terri Ziglerning aytishicha, Melton noma'lum shaxslar avtomobil ichidan o‘q uzgani haqidagi chaqiriq bo‘yicha voqea joyiga borgan bo‘lgan.