Hayvonot bog‘idan qochib ketgan silovsin to‘yning to‘xtashiga sababchi bo‘ldi

Buyuk Britaniyadagi Dartmur hayvonot bog‘idan Flaviu laqabli silovsin qochib ketib, to‘yning to‘xtatilishiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Nikoh to‘yini hayvonot bog‘ida o‘tkazish rejalashtirilgandi. Biroq qochib ketgan silovsin topilmagani bois to‘yni o‘tkazish xavf tug‘dirayotgandi.
Shunda to‘yning asosiy sababchilari bo‘lgan kelin-kuyov qo‘shimcha qo‘riqchilarni yollashga qaror qilishdi.
To‘yni hayvonot bog‘idagi restoranda o‘tkazishga qaror qilindi, biroq endi musiqani yirtqich jonzotni qo‘rqitib yubormaslik uchun pastroq ovozda qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

07:33 / 10.10.2022
Hisor qo‘riqxonasidagi fotokamera obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi

19:16 / 25.07.2022
“Hisor” davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi

10:17 / 20.10.2021
Urgutda noyob Turkiston silovsini tutildi

08:12 / 21.10.2020