“Aeroflot” Turkiyaga chipta sotishni to‘xtatdi

Jahon 13:06 / 20.07.2016 10934

“Aeroflot” aviakompaniyasi Turkiyaga chipta sotish va qayta rasmiylashtirishni to‘xtatganligi haqida ma'lum qildi. Bu haqida uning rasmiy saytida xabar berildi. 

“Rosaviatsiya 2016 yil 16 iyulidan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Turkiyaga uchishini taqiqlaganligi munosabati bilan “Aeroflot” Istanbul va Antaliyaga chipta sotishni hamda qayta rasmiylashtirishni to‘xtatadi (Turkiyadan amalga oshiriladigan reyslar ochiq)”, - deyiladi xabarda. 

Rosaviatsiya taqiqni bekor qilgandan so‘ng chiptalar sotuvi yana yo‘lga qo‘yiladi. 

Turkiyaga 19 iyulga qadar chiptalarini rasmiylashtirgan yo‘lovchilar ularni komissiyasiz topshirishlari mumkin. Shuningdek yo‘lovchilarga Turkiya hududidan parvoz muddatini qo‘shimcha to‘lovlar va komissiyasiz bir marta o‘zgartirish imkoni taqdim etilgan.

Xorij fuqarolarini Rossiyadan Turkiya shaharlariga tashishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, ularda aviachiptalarga o‘z xohishiga ko‘ra yoki majburiy o‘zgartirish kiritish imkoni mavjud. 
 

Ko‘proq yangiliklar: