«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini tugatdi

Jamiyat 21:07 / 19.07.2016 36999

«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovning litsenziyasini 2016 yil 19 iyuldan tugatdi.

"Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan   2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi bildiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san'atkorning burchidir", deyiladi «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: