O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Ushbu qaror, monetar siyosatning 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar, jumladan inflyatsiya darajasining joriy dinnamikasi va uning kutilayotgan ko‘rsatkichlari, shuningdek asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognoz parametrlaridan kelib chiqib qabul qilindi, -deyiladi Bosh moliyaviy muassasa rasmiy saytida.