O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi dasturchilari 1-sinflar uchun "Alifbe" elektron darsligini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining saytida xabar berildi.
Elektron darslikning asosiy vazifasi zamonaviy texnika vositalari orqali bilim olishdan iborat bo‘lib, undagi video va audio roliklar qabul qilinayotgan bilimlarni oson o‘zlashtirishga va yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Resursda foydalanilgan rang-barang tasvirlar, o‘yinlar, musiqalar bolalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Darslikning oxirgi qismida mavzuni mustahkamlash uchun vazifalar berilgan. O‘quvchilar alifbeni kompyuter orqali o‘rganish imkoniyatiga ega.
Mualliflar - Ergashev Sharibboy, Kolantarov Aron, Achilova Nasiba, A'zamova Nilufar, Nazirbayev Abdimutalip va Ataxojayev Murodxonlarga ushbu dastur uchun № DGU 03732 raqamli guvohnoma berilgan.