Turkiyadagi Cihan axborot agentligining 60 nafar xodimi davlat to‘natirishida aloqadorlikda gumonlanib, ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Cumhuriyet gazetasi yozmoqda.
Ishdan bo‘shatish haqidagi qaror hukmron partiyasi vasiylari tomonidan qabul qilingan. Muxbirlar, muharrirlar va texnik xodimlar ishdan bo‘shatilgan. Shu ma'noda, agentlikda vasiylik qaroriga qadar ishlaganlardan hech kim qolmagan, deb yozmoqda gazeta.
Avvalroq Turkiyada Kanaltürk va Bugün TV kabi shaxsiy telekanallar, Bugün Gazetesi va Millet Gazetesi kabi shaxsiy gazetalar hamda Kanaltürk Radyo radiostansiyalari berkitilgani haqida xabar berilgan edi.